02 okt 15:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Nihoyat! Ishonchli manba Azamat Nuftillaevning Dana Uayt davogarlar seriyasidagi raqibi va jang sanasini tasdiqladi
Olamsport.com nashri yaqindagina o'zbekistonlik og'ir vaznli MMA jangchisi Azamat Nuftillaevning Dana Uayt davogarlar seriyada jang qilishi haqida xabar bergandi.
Hamyurtimiz Dana Uayt Davogarlar seriyasining 14 oktyabr kuni o'tkaziladigan so'nggi, 10-haftaligida Serbiya vakili Yovan Leka bilan to'qnash keladi.
Aralash yakka kurash olamidagi ishonchli manbalardan biri tapology'ning xabar berishicha, jang tasdiqlangan.
Malumot o'rnida, Azamat Nuftillaev faoliyati davomida 19 ta jang o'tkazib, 17 g'alaba, 1 mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. 23 yashar Yovan Leka hisobida esa 10 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar