06 mar 08:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Nihoyat, jangga uch kun qolganda Madrimovning raqibi malum bo'ldi
Professional bokschimiz Isroil Madrimovning 9 mart kuni o'tkaziladigan jangdagi raqibi malum bo'ldi.
Hamyurtimiz AQSHning Nyu-York shahridagi Turning Stone Resort & Casino arenasida venesuelalik 31 yoshli tajribali bokschi Frenk Roxasga qarshi ringga ko'tariladi. Roxas faoliyati davomida 24ta g'alabaga erishgan. Ana shu g'alabali janglarning 23tasini nokaut bilan yakunlagan. Uning hisobida 2ta mag'lubiyat bor, bittasi nokaut bilan.
Malumot uchun, Isroil Madrimov professional ringdagi ilk jangini meksikalik Vladimir Ernandesga qarshi o'tkazgan va raqibini oltinchi raundda texnik nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratgan edi. Bokschimiz ushbu g'alaba orqali debyut jangidayoq WBA Intercontinental kamariga ega chiqqandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar