02 fev 14:48
Yangiliklar
Futbol
Nihoyat! Jessi Lingard o'ziga yangi jamoa topdi. Jamoa Evropadan emas
“Manchester Yunayted” sobiq futbolchisi Jessi Lingardning yangi jamoasi malum.
Futbolchi Koreya Respublikasining “Seul” jamoasiga o'tadi. 31 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan 2+1 ko'rinishdagi shartnomaga imzo chekadi.
Lingardga Koreyadan tashqari Turkiya va Saudiya Arabistonidan ham takliflar bo'lgan, biroq futbolchiga “Seul” taklifi maqul kelgan.
Lingard o'tgan yozdan beri, "Nottingem Forest" bilan shartnomasi tugaganidan keyin klubsiz. Avvalroq futbolchi "Manchester Yunayted", "Vest Xem", "Derbi Kaunti", "Brayton" va "Lester" jamoalarida to'p tepgan.
SHuningdek, u Angliya terma jamoasi safida 32 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan. Transfermarkt Lingardning narxini 6 million evroga baholamoqda.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar