23 dek 18:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Nihoyat! Og'ir nokautdan so'ng komaga tushib qolgan 41 yoshli chempion o'ziga keldi
Professional boksning yarim og'ir vazn toifasida sobiq WBC yo'nalishi chempioni Adonis Stivenson (29-2-1, 24 KO) og'ir koma holatidan chiqdi.
Bu malumotni kanadalik bokschining bobosi Simon God ham tasdiqladi. Stivenson 1 dekabr kuni ukrainalik Aleksandr Gvozdikka qarshi kechgan chempionlik himoya jangida nokautga uchragan va keyinchalik koma holatiga tushib qolgan edi.
“Nabiramni duo qilgan barchaga oilamiz nomidan minnatdorchilik bildiraman. Adonis koma holatidan chiqdi va o'ziga keldi. Lekin hali muolaja olishni davom ettirishi kerak. Tunu kun xizmatda bo'lgan shifokorlarga ham rahmat”, - dedi Simona God.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar