24 iyu 19:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Nikolay Valuev miyasida o'simta borligini inkor etdi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Nikolay Valuev sog'ligi borasidagi gap so'zlar yolg'on ekanligini malum qildi.
«Mening boshimda hech qanday o'simta yo'q. Bunday gaplarni qaerdan olasizlar hayronman. Miyasida o'simtasi bor odam qanday qilib shunday bemalol sayr qilib yurishi mumkin. Bu gap-so'zlarning barchasi bo'xton»,-dedi Valuev.
Malumot uchun, Nikolay Valuev faoliyatini 2010 yilda sog'ligidagi muammolar sababli yakunlagandi.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar