22 iyu 19:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Nikolay Valuev o'simta sabab endi har oy davolanishi lozim
Boks bo'yicha superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Nikolay Valuev har oy davolanishini aytib o'tdi.
"Boshimni operaciya qilishgan. Kasallik xavfli. Uni imkon qadar tezroq bartaraf etish lozim edi. Muammoni cho'zib yurish - vaziyatni yanada yomonlashtirish edi. Operaciya stoliga qahramonlardek yotdim deya olmayman. Bu ishni ikki marotaba qildim. CHunki, Germaniyada davolanishni oxirigacha etkaza olmagandik.
Yakunda Rossiyada meni operaciya qilgan professor ham o'simtani oxirigacha olib tashlay olmadi, chunki bosh miyada muhim tolalar bor. U tavakkal qilmadi va to'g'ri qildi. Endi men har oy terapiya jarayonini boshdan o'tkazishim lozim", - dedi Valuev.
Havola :
Manba : ТВ Центр
Fikrlar