06 okt 09:32
Yangiliklar

Nima sababdan Jahon chempionatida faqat Ruslan Nurudinov va Akbar Jo'raev ishtirok etishi aytildi
"So'nggi kunlarda jamoatchilik orasida “Nega Jahon chempionatida faqat Ruslan Nurudinov va Akbar Jo'raev ishtirok etmoqda? Qolgan sportchilarimiz-chi ?” degan savollar yangramoqda.
O'zbekiston Og'ir atletika federaciyasi shuni malum qiladiki, joriy yilgi Jahon chempionati va noyabr oyida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo'lib o'tadigan Islom birdamlik o'yinlari orasidagi tanaffus atigi bir oyni tashkil qiladi. Sportchilarimizning jismoniy tayyorgarligi va optimal sport formasini saqlab qolish maqsadida murabbiylar shtabi kelishilgan holda, Jahon chempionatida faqat ikki nafar vakilimiz – Ruslan Nurudinov va Akbar Jo'raevni ishtirok ettirish to'g'risida qaror qabul qilgan. Hozirda terma jamoamizning qolgan azolari barcha etiborini Islom birdamlik o'yinlariga qaratib, tayyorgarlikni davom ettirmoqda", deyiladi tashkilot xabarida.
Malumot uchun, Ruslan va Akbar JCHda bir xil, 110 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etadi. Ularning chiqishi 10 oktyabr kuni, bizning vaqt bilan soat 22:30 da bo'lib o'tadi.
Fikrlar