19 dek 18:34
Yangiliklar
Boks/MMA

"Nima uchun Rossiya bayrog'i ostida jangga chiqmaysiz?". Xabib ushbu savolga keskin javob berdi
UFC chempioni Xabib Nurmagomedov nima uchun jangga Rossiya bayrog'i bilan chiqmasligi haqidagi savolga javob qatardi.
"Men doim bayroq bilan chiqaman. Ekranda ko'rsatiladi. Amerikada Dog'iston, CHecheniston, Kavkazni bilmaydiganlar rus deyishadi. Agar etibor bergan bo'lsangiz, ular uchun biz bir millatmiz. Asosiysi o'zimiznikilar (rossiyaliklar) ajratishmasin. Masalan senga o'xshaganlar bunday ahmoqona savollar berishmasin.
Boshqa joyda xech kim ajratmaydi. Bizni ajralishimizni istaydiganlar bu erda ajratishadi. SHuning uchun mavzuni o'zgartir. Siyosat haqida emas, sport haqida savollar bering. Agar tuzukroq savollar bo'lsa davom etishimiz mumkin", - dedi Nurmagomedov jurnalistga qarata.
Havola :
Manba : URA.Ru
Fikrlar