01 dek 10:48
Yangiliklar

Niqobli Uaylder maqtanchoq Fyuridan 20 kg engil chiqdi FOTO
Oqshomning markaziy jangi superog'ir vazn toifasida o'tkaziladi va unda WBC chempioni Deontey Uaylder sobiq jahon chempioni Tayson Fyuriga qarshi ringga ko'tariladi. Har ikkala bokschi ham faoliyatlarida hali mag'lubiyat alamini totib ko'rishmagan.
Ananaga muvofiq bugun tongda bokschilarni tarozidan o'tkazish marosimi tashkil etildi. Unda Uaylder Fyuridan 20 kg engil tosh bosdi. Amerikalik bokschi ertaga faoliyatidagi deyarodi eng engil vazn bilan jang o'tkazadi. Eng engil vaznni u debyut jangida qayd etgan. 2008 yilgi o'sha jangda Uaylder roppa-rosa 94 kg bo'lgan.
Bugungi tarozi marosimida Deontey Uaylder — 96,4 kg, Tayson Fyuri esa 116,3 kg vaznga ega ekanligi oydinlashdi. Uaylder o'zining so'nggi jangida 97,5 kg, Fyuri esa 117 kg vaznga ega bo'lgan edi.
Fikrlar