So’nggi yangiliklar

12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0 18:17Башар Ресан "Персеполис"га қайтадими? 0 17:46Фьюри ва Жошуа жанги Буюк Британияда рекорд ўрнатиши мумкин 0

12 okt 11:43
Yangiliklar

SHaxmat

Nodirbek Abdusattorov: “Javohir nihoyatda istedodli, hatto mendan ham”

Grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov Javohir Sindarovning istedodi, uning muvaffaqiyatlari va bu natijalar o'ziga qanday tasir qilgani haqida gapirdi.

“Biz uning salohiyatini yaxshi bilamiz. Javohir nihoyatda istedodli, hatto mendan ham istedodliroq. 2021-2022 yillargacha u shaxmatga unchalik ko'p vaqt ajratmasdi, boshqa ishlar bilan ham shug'ullanardi.

Menimcha, u shaxmat tarixidagi eng istedodli besh shaxmatchidan biri. Kasparov va boshqa buyuk shaxmatchilar qatorida. Istedod jihatidan ulardan aslo qolishmaydi. SHunchaki, u uzoq vaqt o'z salohiyatini to'liq namoyon eta olmadi va biroz soyada qolib ketdi”.

Nodirbek Sindarovning muvaffaqiyatlari unga ham katta turtki berganini takidladi:

“2022 yilda men birinchi bo'lib 2700 reyting marrasidan o'tdim. 2025 yilgacha reyting bo'yicha kuchli shaxmatchilar qatorida edim. Lekin Nomzodlar turniriga chiqa olmadim. Avvaliga yoshligim, keyinchalik tajribam etishmagani bunga to'sqinlik qildi.

Ko'p yillar davomida men Javohirdan bir qadam oldinda edim. Endi esa u mendan o'zib ketdi va bu marraga birinchi bo'lib erishdi.

Uning ketma-ket g'alabalari menga ikkinchi nafas berdi. Javohir buning uddasidan chiqish mumkinligini ko'rsatdi, yo'l ochib berdi va o'zimga bo'lgan ishonchimni oshirdi. Endi u oldinda, men esa uning ortidan ketyapman”.

Sizningcha, Sindarov haqiqatan ham shaxmat tarixidagi eng istedodli besh shaxmatchidan birimi?

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing