27 iyu 11:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Nodirjon Mirzaahmedov "Qirol kubogi" chempioni!
Bugun Tailandda boks bo'yicha nufuzli "Qirol kubogi" xalqaro turniri yakunlanadi.
Xabar berganimizdek, ushbu musobaqada O'zbekiston terma jamoasi charm qo'lqop ustalari ham ishtirok etayotgan edi. Hozirgina finalga qadar etib kelgan yagona bokschimiz Nodirjon Mirzaahmedov oltin medal uchun ringga chiqdi.
Hindistonlik Dipakka qarshi bahs olib borgan yurtdoshimiz raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratib, "Qirol kubogi" chempioniga aylandi. -75 kg vaznli bokschimiz Fanat Qahramonov esa musobaqaning bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar