25 apr 12:19
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/64452_220.jpg)
Nodirjon Mirzahmedov finalga chiqdi, uning raqibi ham malum!
Bangkok shahri mezbonlik qilayotgan boks bo'yicha Osiyo chempionatining yarim final janglariga start berildi.
-49 kg vazn toifasidagi charm qo'lqop ustamiz Nodirjon Mirzahmedov hozirgina final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Hamyurtimiz yarim final jangida qirg'izistonlik Mirlan Turkbai Uuluni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etdi.
Uning finaldagi raqibi ham malum bo'lib ulgurdi. Qozog'istonlik Temirtas Jusupovning yarim final jangida ringga chiqa olmasligi malum bo'ldi. Natijada hindistonlik Dipak jangsiz finalga chiqdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar