26 apr 08:14
Yangiliklar
![](/upload/storage/64669_220.jpg)
Nodirjon Mirzahmedovning final jangi haqidagi fikri
Jami 10 ta vazn toifasida o'tkaziladigan final janglarining 5 tasida o'zbekistonlik bokschilar ringga ko'tarilishadi. Final janglarini hamyurtimiz Nodirjon Mirzahmedov boshlab beradi. -49 kg vazn toifasidagi vakilimiz hindistonlik Dipakka qarshi ringga ko'tariladi.
“Yarim finaldagi jangim yaxshi kechdi, deb o'ylayman. Sababi, nafaqat bugungi jang, balki butun turnir uchun murabbiylarim Marat Qurbonov, Rahmatjon Ro'zioxunov, Bekzod Hidirov, To'lqin Qilichev bilan tayyorgarlikni alo darajada olib borgandik.
Malumki, yarim finalda kuchsiz raqibning o'zi bo'lmaydi. To'g'ri taktika evaziga g'alaba qozondim. Yarim finaldagi raqibim bilan bundan avval ham jang qilganman. Qirg'izstonda tashkil etilgan turnirda u bilan tengma-teng jang olib borgandim, lekin o'shanda hakamlar uning qo'lini ko'tarishgandi. O'sha mag'lubiyat uchun revansh olishga erishdim.
Endi finalda hindistonlik boskchi bilan jang qilaman. U bilan avval ringda to'qnash kelmaganman. SHunday bo'lsada, raqibimning Osiyo chempionatidagi ishtirokini kuzatib bordim. Murabbiylarim bilan kerakli taktikalarni ishlab chiqib, Dipakni ham mag'lub etishga harakat qilaman”, - dedi Mirzahmedov.
Fikrlar