15 apr 17:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Nokautchi bokschimiz 10-jangiga tayyorgarlikni davom ettiryapti
Yarim o'rta vazn toifasida o'z janglarini o'tkazayotgan professional bokschimiz SHohjahon Ergashev mashg'ulotlarga zo'r bergan.
Nokautchi bokschimiz 30 aprel kuni o'zining o'ninchi jangini o'tkazadi. Uning raqibi amerikalik bokschi bo'ladi. Ushbu jang Rossiyaning Sochi shahrida o'tkaziladi va oqshomning markaziy jangi maqomida bo'ladi.
SHohjahon Ergashev ayni paytda Toshkent viloyatining Yangiobod o'quv-mashg'ulot bazasida bo'lajak jangga tayyorgarlik ko'rmoqda. Kelasi hafta u Moskvaga jo'nab ketadi.
Malumot uchun, SHohjahon Ergashev bungacha 9 ta jang o'tkazgan va ularning barchasida raqiblarini muddatidan avval mag'lubiyatga uchratgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar