26 mar 07:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Nokautchi bokschimiz 9-jangini ham nokaut bilan yakunladi
Professional boksda muvaffaqiyatli odimlayotgan nokautchi bokschimiz SHoxjahon Ergashev faoliyatidagi to'qqizinchi jangini o'tkazdi.
Uning bu galgi raqibi Afrika chempioni ugandalik Xamza Sempevo bo'ldi. Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o'tkazilgan jangda hamyurtimiz raqibini mag'lubiyatga uchratdi. Jangning 1‑ raundidayoq Sempevoni nokautga uchratdi.
Eslatib o'tamiz, SHohjahon bungacha professional ringda 8 ta jang o'tkazib, ularning barchasida raqiblarini nokautga uchratgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
Xusniddin wu boksni qaysi kanallardan korsa boladi adminlar qoymidi vidiosini.