15 fev 23:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Nokautchi bokschimiz gruziyalik raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi
Bugun professional boksda faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirayotgan SHohjahon Ergashev navbatdagi jangini o'tkazdi.
Uning raqibi gruziyalik bokschi Ruben Movsisyan bo'ldi. O'n raundga mo'ljallangan jang muddatidan ancha avval yakunlandi. Ergashev tajribali raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi.
21 fevral kuni 26 yoshga to'ladigan Ruben faoliyati mobaynida 23ta jangda zafar quchgan. SHulardan 16ta jangini nokaut bilan yakunlagan. Bugun esa uning o'zi nokautga uchradi.
Bugungi jang SHohjahon uchun faoliyatidagi sakkizinchisi bo'ldi. Ergashev bundan avval o'tkazgan barcha janglarida raqiblarini muddatidan avval nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar