28 apr 11:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Nonito Doner nokaut evaziga Superseriyaning finaliga chiqdi
To'rtta vazn toifasida jahon chempioni Nonito Doner Butunjahon boks superseriyasi ikkinchi mavsumining finalida jang qiladi.
Hozirda engil vazn toifasida WBA yo'nalishi chempioni bo'lib turgan 36 yoshli Doner AQSHning Lafayet shahrida bo'lib o'tgan boks oqshomida zaxira jangchisi Stefon Yangni oltinchi raundda nokautga uchratdi.
Aslida Nonito WBO yo'nalishi chempioni Zolani Tete bilan to'qnash kelishi kerak edi. Lekin Tete jangga bir necha kun qolgan bir paytda jarohat orttirib oldi.
Endi WBSS turnirining ikkinchi finalchisi 18 may kuni SHotlandiyaning Glazgo shahrida aniqlanadi. Yarim finalning ikkinchi juftligida WBA Regular chempioni Naoyi Inoue hamda IBF chempioni Emmanuel Rodriges o'zaro to'qnash kelishadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar