14 dek 09:48
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/24708_220.jpg)
Normatov ertaga AQSHda beshinchi jangini o'tkazadi+FOTO
Professional bokschimiz Xurshidbek Normatov bizning vaqt bilan ertaga tong saharda faoliyatidagi beshinchi jangini o'tkazdi.
Faoliyatini AQSHda davom ettirayotgan hamyurtimiz Nyu-York shahridagi BB King Blues Club & Grill arenasida puertorikalik Niklaus Flazga qarshi ringga ko'tariladi. Ikkala bokschi ham faoliyati davomida mag'lubiyatga uchramagan.
Xurshidbek Normatov 4ta jangda g'alaba qozongan, nokautlari soni 2tani tashkil etadi. Flaz esa 5ta jangning barchasida zafar quchgan. Nokaut evaziga qozongan g'alabalari soni 4ta.
Eslatib o'tamiz, Normatov o'zining so'nggi jangini Mashantuket shahridagi Foxwoods Resort kazinosida o'tkazib, kanadalik Bryus Lachmedialni 6 raundlik jangning birinchi raundidayoq nokautga uchratgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar