24 sen 18:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Normatov Mayamidagi jangda mezbon bokschini nokautga uchratdi
Faoliyatini professional boksda davom ettirishga qaror qabul qilgan Xurshidbek Normatov ilk jangida g'alabaga erishdi.
Hamyurtimiz AQSHning Oklaxoma shtati Mayami shahrida tashkil etilgan boks oqshomida profi boksdagi debyut jangini o'tkazdi. Uning raqibi amerikalik Bernard Tomas bo'ldi.
Buffalo Run Casino arenasida bo'lib o'tgan jangda Normatov raqibini muddatidan avval, aniqrog'i ikkinchi raundda nokautga uchratdi. Bu uning ikkinchi g'alabasi bo'ldi. Xurshidbek debyut jangida amerikalik Romon Barberni ham taslim etgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar