08 iyu 12:24
Yangiliklar

Novak Jokovich 16-marotaba Uimbldon 1/4 finaliga chiqdi
Novak Jokovich 1/8 finalda ATP reytingida 11-o'rinni egallab turgan avstraliyalik Aleks De Minaurni to'rt set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 1/6, 6/4, 6/4, 6/4. Serbiyalik tennischi o'zaro uchrashuvlar hisobida oldinda bormoqda - 3:1.
Uch soatu 19 daqiqa davom etgan bahsda Jokovich 6, De Minaur 1 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham 6 tadan breykdan foydalangan. Jokovich Uimbldon turniridagi 101-g'alabasini qo'lga kiritdi. Australian Open turnirida 99, "Rolan Garros"da - 101, US Open musobaqasida 90 ta g'alabaga ega.
Novak faoliyatida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnirlarda 63-marotaba 1/4 finalga chiqdi. Bu bo'yicha ham u o'zining shaxsiy rekordini yangiladi.
Fikrlar