31 iyu 20:26
Yangiliklar
Tennis, Tokio-2020, Olimpiya o'yinlari
Novak Jokovich bronza uchun o'yinda bir raketkani sindirib, boshqasini tribuna tomon uloqtirib yubordi
Novak Jokovich Olimpiadaning bronza uchun o'yinida o'z hissiyotlarini jilovlay olmadi.
Dunyoning birinchi raqamli tennischisi Novak Jokovich Pablo Karreno-Bustaga qarshi jangning uchinchi setida raketkasini bo'sh tribunaga otib yubordi. Keyinroq, 3:0 hisobida mag'lub bo'layotgan paytida, boshqa bir raketkasini to'r yonida sindirib tashladi.
Eslatib o'tamiz, Novak Jokovich Olimpiadadagi oxirgi ikki o'yinni yutqazib, medal olish imkoniyatini yo'qqa chiqardi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar