11 noy 13:40
Yangiliklar
Tennis
Novak Jokovich faoliyatini qachon yakunlamoqchi ekanini aytdi
"Katta Dubulg'a" turnirlarining 24 karra g'olibi Novak Jokovich Los-Anjeles-2028 Olimpiadasida ishtirok etishni xohlaysizmi, degan savolga javob berdi.
"Menda har doim hech bo'lmaganda bir yilga, bazan esa uzoqroq muddatga mo'ljallangan reja bo'ladi - men nimani xohlayman va bunga qanday erishaman. Barcha mumkin bo'lgan maqsadlarga erishganim sababli, Olimpiada-2028 haqida gapira boshladim, chunki yana ko'p yillar o'ynashni xohlayman. Serbiya bayrog'i ostida Olimpiya o'yinlarida faoliyatimni yakunlash ajoyib bo'lardi.
Men buni uddalay olamanmi yoki yo'q, buni bilmayman, chunki menga bog'liq bo'lmagan narsalar bor. Men ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan imkon qadar sog'lom bo'lishga harakat qilaman", - deya 38 yoshli sportchining so'zlarini keltiradi Sportskeeda.

Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar