12 okt 12:37
Yangiliklar
Tennis
Novak Jokovich Shanghai Masters 1/2 finalida
Xitoyning SHanxay shahrida tennis bo'yicha "Masters" seriyasiga kiruvchi nufuzli turnir davom etmoqda.
Dunyoning to'rtinchi raketkasi Novak Jokovich 1/4 finalda irodali g'alabaga erishdi. Serbiyalik tennis yulduzi ATP reytingida 65-pog'onada borayotgan chexiyalik Yakub Menshikni 6/7(4), 6/1, 6/4 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Ikki soatu 21 daqiqa davom etgan bahsda Jokovich 7, Menshik 17 ta eys zarbani amalga oshirgan. Breyklar bo'yicha ustunlik Novak tomonida bo'ldi - 4 ga 1. Jokovich faoliyatida 78-marotaba "Masters" turnirlari 1/2 finaliga chiqdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar