09 iyu 09:33
Yangiliklar
Tennis
Novak Jokovich Uimbldon 1/4 finaliga chiqdi
Dunyoning ikkinchi raketkasi Novak Jokovich "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirining chorak final ishtirokchisiga aylandi.
Serbiyalik yulduz 1/8 finalda ATP reytingida 15-o'rinni egallab turgan daniyalik Xolger Runeni uch set natijasiga ko'ra ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/4, 6/2. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Novak oldinda bormoqda - 4:2.
Ikki soatu uch daqiqa davom etgan bahsda Jokovich 5, Rune 3 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar Xolgerda ikki barobar ko'proq bo'ldi - 4 ga 2. Breyklar bo'yicha mutlaq ustunlik g'olib tennischi tomonda - 4 ga 0!
Novak Jokovich faoliyatida 60-marotaba "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnirlarning 1/4 finalida o'ynaydi. U bu bosqichga qatorasiga 14-bor etib keldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar