31 iyu 18:51
Yangiliklar
Tennis, Tokio-2020, Olimpiya o'yinlari
Novak Jokovich US Open'gacha tiklana olmasligi mumkinligini aytdi
Dunyoning birinchi raqamli tennischisi Novak Jokovich Pablo Korreno-Bustaga mag'lub bo'lganidan so'ng fikr bildirdi.
"Men juda qattiq hafa bo'ldim. Mamlakatim uchun medal olib bera olmadim. Ruhiy va jismoniy zo'riqish sabab o'yinim tushib ketdi. Ammo, Olimpiadaga kelganimdan afsuslanmayman. Keyingi Olimpiadada ham qatnashishga va Serbiya uchun medal olishga harakat qilaman.
US Open'ga qadar tiklanishga ulgurishimga umid qilmoqdaman. Aslini olganda esa, bu juda qiyin masala", - dedi Novak Jokovich.
Eslatib o'tamiz, Novak Jokovich Tokio Olimpiadasida ham medal olishni uddalay olmadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar