03 iyu 12:11
Yangiliklar
Novak Jokovichning "Uimbldon"dagi yurishi boshlandi
Serbiyalik tennis yulduzi ilk bosqichda ATP reytingida 123-pog'onada borayotgan chexiyalik Vit Koprshivani ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/1, 6/2, 6/2. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi sifatida tarixga kirdi.
Bir daqiqasi kam ikki soat davom etgan bahsda Jokovich 10, Koprshiva 4 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar chexiyalikda ko'proq bo'ldi - 5 ga 2. Breyklar bo'yicha mutlaq ustunlik Novak tomonda - 6 ga 0!
Endi The Championships turnirining etti karra g'olibi ikkinchi davrada Jeykob Fyornliga qarshi kortga chiqadi. O'z o'rnida britaniyalik bu tennischi birinchi bosqich uchrashuvida ispaniyalik Alexandro Moro Kanyasdan ustun keldi - 7/5, 6/4, 7/6(12).
Fikrlar