28 may 17:53
Yangiliklar

Nukusda 200 000 000 so'm mukofot jamg'armasiga ega jahon chempionati oldidan matbuot anjumani o'tkazildi
Ushbu dunyo birinchiligi oldidan bugun Nukus shahridagi 1-sport maktabi majlislar zalida matbuot anjumani tashkil etildi.
Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Sport vaziri Erkinbay Qutibaev, xalqaro belbog'li kurash federaciyasi prezidenti Xabir Sabirovich, Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasi prezidenti Mo'min Muratov, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov, yoshlar milliy terma jamaomiz bosh murabbiyi Baxtiyor Turg'unpo'latov hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.
Matbuot anjumanida jurnalistlar o'zlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.
Takidlash joiz, 28-31 may kunlari o'tadigan ushbu jahon va Osiyo chempionatining mukofot jamg'armasi 200 million so'mni tashkil etadi.
Ilhom RAHMONOV tayyorladi
Fikrlar