So’nggi yangiliklar

18:45UFC ходими Дана Уайтнинг Contender Series турниридан сўнг ташкилот билан жангчи сифатида шартнома имзолади 0 18:12Ботир Раҳимов теннис мактабидаги қурилиш ишлари билан танишди (ФОТО) 0 17:30Чисора фаолиятини якунламайди, у декабрь ойида рингга қайтади 0 16:51"Лугано" бош мураббийи Беҳруз Каримовнинг ҳолатига тўхталиб ўтди 0 16:18Сузиш: Тошкентдаги Жаҳон кубоги босқичида Олимпиада ва дунё биринчилиги чемпионлари қатанашади 0 15:502036 йилги Олимпиада учун эҳтимолий мезбонлар рўйхати маълум. Улар орасида Ҳиндистон, Қатар ва Туркия бор! 0 15:18WBA рейтинги янгиланди: Ҳасанбой Дўсматов қани? 0 14:47Жезуш Роналдунинг баёноти ҳақида: "Ҳозир уни ўқиб чиқмоқчиман, айтадиган гапим йўқ" 0 14:19Mағлубиятсиз UFC жангчиси Доғистонга бориб шуғулланиш нияти жиддий эканини айтди 0 13:53Ариэль Хельвани: "Шевченконинг UFC унвонидан воз кечиши ихтиёрий бўлмаган" 0 13:22Пётр Ян Двалишвили билан жангига 18 кун қолганида ажойиб жисмоний ҳолатини намойиш этди + ФОТО 0 12:46Ўзбекистон 270 дақиқадан буён Кореяга гол ура олмаяпти 0 12:1211 боксчимиз жой олган WBC рейтинги янгиланди. Бир вазнда 3 чарм қўлқоп устамиз! 0 11:49Муроджон Йўлдошев Жаҳон чемпионатидаги юришини бошлашга шай! 0 11:13Мелиқўзиев WBА чемпионлик камари жанги учун ўз гонораридан ҳам воз кечмоқчи 0

30 may 11:12
Yangiliklar

Kurash

Nukusda belbog'li kurash bo'yicha Prezident sovrini uchun jahon chempionati bo'lib o'tdi FOTOGALEREYA

Nukus shahridagi 1-sonli sport maktabi manejida belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o'smirlar va qizlar o'rtasida jahon va Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda.

Reglamentga ko'ra, kecha 29 may kuni belbog'li kurash bo'yicha jahon chempionati bellashuvlari bo'lib o'tdi. Mazkur dunyo birinchiligida yigirmadan ortiq davlatdan kelgan 300 nafarga yaqin polvonlar g'oliblik uchun kurash olib borishdi. 

Belbog'li kurashning erkin yo'nalishi bo'yicha o'tkazilgan jahon chempionatida o'g'il bolalar 10 ta, qizlar esa 7 ta vazn toifasida mahoratlarini namoyish etishdi.

G'olib va sovrindorlar:

O'g'il bolalar 

45 kg. Albert Abdukarov (Qirg'iz Respublikasi)  

50 kg. Bashimmuhhamad Haydarmuhammedov (Turkmaniston) 

55 kg. Ramziddin Abdulhamitov (O'zbekiston) 

60 kg. Esbolat SHerxan (Qozog'iston) 

65 kg. Muhammad Omad Aziziy (Afg'oniston) 

71 kg. SHerzodbek Eliboev (O'zbekiston) 

77 kg. Bayishbek Mamataliev (O'zbekiston) 

85 kg. Selim Annanazarov (Turkmaniston) 

95 kg. Elbek Zaynabiddinov (Qirg'iz Respublikasi) 

+95 kg. Tamirlan Nakxushev (Rossiya). 

Qizlar:

44 kg. Tumaris Kalabaeva (O'zbekiston) 

48 kg. Diana Kotlovskaya (Rossiya)

52 kg. Sarvinoz Rustamjonova (O'zbekiston)  

57kg. Gulzoda To'lqinova (O'zbekiston) 

63 kg. Varvara Omelina (Rossiya)

70 kg. Oysuluv Xidirboeva (O'zbekiston)  

+70 kg. Sofiya Anoshina (Rossiya). 

SHuningdek, jahon chempionati doirasida musobaqaning tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. 

Marosimda Qoraqalpog'iston Respublikasi Juqorg'i Kengesi raisi Amanbay Orinbaev, O'zbekiston Respublika sport vaziri o'rinbosari SHahrullo Mahmudov, xalqaro belbog'li kurash federaciyasi prezidenti Xabir Xabibullin, Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasi prezidenti Mo'min Muratov, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov va boshqalar ishtirok etdi. 

Bugun, 30 may kuni esa belbog'li kurash bo'yicha Osiyo chempionati bellashuvlari bo'lib o'tmoqda.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing