So’nggi yangiliklar

17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0

02 avg 11:24
Yangiliklar

Boshqalar, Bolalar sporti

Nukusda “Mahallamiz pahlavonlari” musobaqasi g'oliblari aniqlandi

Nukus Olimpiya zaxiralari kollejida “Mahallamiz pahlavonlari” musobaqasining Qoraqalpog'iston Respublikasi bosqichi bo'lib o'tdi.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog'iston Respublikasi kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida halollik, bag'rikenglik va insonparvarlik fazilatlarini o'zida mujassam etgan milliy kurashni yanada rivojlantirish, yosh avlodning jismonan baquvvat, mustahkam irodali, yuksak intellektual salohiyatli insonlar bo'lib ulg'ayishi yo'lida barcha sharoit yaratishga alohida etibor qaratilayotgani takidlandi.

Musobaqaning mahallalararo bosqichida 342 fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organidan 4 ming 98 nafar yigit-qiz o'zaro bahslashdi.

– Joylarda sportni yanada ommaviylashtirish maqsadida o'tkazilayotgan “Mahallamiz pahlavonlari”, “Futbolimiz kelajagi”, “Biz aql-idrokli oilalarmiz”, “Otam, onam va men – sportchi oila”, “Mahallamiz tennischilari”, “Mahallamiz badmintonchilari” kabi musobaqalar sog'lom turmush tarzini qaror toptirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda, – deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'limining voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha mutaxassisi Malika Bekmanova. – Sportning 7 turi bo'yicha joriy yil boshidan bunday musobaqalarda 48 ming 800 dan ziyod yoshlar va 19 ming 748 ota-ona ishtirok etdi.

“Mahallamiz pahlavonlari” musobaqasining Qoraqalpog'iston Respublikasi bosqichida shahar va tumanlarning 15 jamoasi tarkibida 90 nafar 13-14 yoshdagi kurashchi yigit-qizlar bahslashdi.

Qizlar o'rtasida 44 kilogramm vazn toifasida nukuslik Guljamol Tangribergenova, 48 kilogramm vaznda Xo'jayli tumanidan Nafisa Reymboeva, 52 kilogrammda nukuslik Asal Jalg'asboeva g'olib bo'ldi.

O'g'il bolalar o'rtasida 46 kilogrammda Xo'jayli tumanidan Asadbek Aytboev, 50 kilogramm vazn toifasida Nukus shahridan Jo'ldasboy Mo'shanov, 55 kilogrammda Qanliko'l tumanidan Bobur Obodboev birinchi o'rinni egalladi.

Jamoalar o'rtasida Nukus shahri vakillari g'oliblikni qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'ringa Xo'jayli tumani, uchinchi o'ringa Qo'ng'irot tumani jamoalari sazovor bo'ldi.

Aminboy Ortiqboev, Maqsad Habibullaev (surat), O'zA

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing