18 jan 11:23
Yangiliklar
Futbol
Nuri SHahin kechagi uchrashuvdan so'ng SHomurodov haqida fikr bildirdi
"Istanbul Bashakshehir" klubi bosh murabbiyi Nuri SHahin bu mavsum Turkiya Superligasida 13-golini urgan Eldor SHomurodov haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Eldor SHomurodov eng yaxshi to'purarga aylanadimi yoki yo'qmi, men uchun ,e muhim emas. Agar mavsum oxirida maqsadlarimizga erishsak va Eldor eng yaxshi to'purarga aylansa, men juda xursand bo'laman.
Biroq, men uchun eng muhimi jamoaning o'yini va SHomurodov bizga nima olib bera olishi. U xarakterli va yaxshi inson. Eldorni boshqarish juda oson. U haqiqiy yulduz. Haqiqiy yulduz bo'lmagan o'yinchilarni boshqarish juda qiyin", - deya fikr bildirdi murabbiy.

Havola :
Fikrlar