23 dek 12:23
Yangiliklar
Futbol
Nuri SHahin SHomurodov haqida fikr bildirdi
Turkiya Superligasining 17-turidan o'rin olgan "Istanbul Bashakshehir" - "Gaziantep" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Nuri SHahin Eldor SHomurodovning o'yiniga yuqori baho berdi.
"Men kelgunimcha SHomurodov asosan qanotda o'ynadi. Kelganimizdan beri uni markazda tez-tez ishlata boshladik. Hujumchilarning o'yinlari har xil bo'ladi. Uning o'yin aql-zakovati juda yuqori. Biz uni markazga ko'chirdik va unga ko'proq erkinlik berdik.U biz uchun juda ko'p narsani engillashtirdi. U ancha mahoratli futbolchi", - dedi SHahin.
Eslatib o'tamiz, SHomurodov ayni vaqtda Turkiya chempionatida 12 ta gol bilan to'purarlar poygasini boshqarib bormoqda.

Havola :
Fikrlar