03 iyu 16:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Nurmagomedov: Agar u jang qilishni istasa, tashabbus ko'rsatsin
Engil vazn toifasida UFC kamari sohibi Xabib Nurmagomedov Toni Fergyuson bilan jang qilish niyati borligini malum qildi.
«Men u bilan jang qilishni istayman. Lekin, bilasizmi raqiblarni men tanlamayman. Kim bilan bo'lsa ham jang qilaman. Uchi? Unga Xolloueyga qarshi vaqtinchalik chempionlik jangida ishtirok etishni taklif qilishdi, u esa qabul qilmadi. Bir oydan so'ng Donald Serronega qarshi jang qilishga rozi bo'ldi. Pore Xolloueyga qarshi jang qildi va g'alaba qozondi. Endi u menga qarshi chempionlik jangida ishtirok etadi. Men shu darajaga etib kelganim uchun Yaratgandan minnatdorman. Agar u men bilan jang qilishni istasa, u birinchi tashabbus ko'rsatishi lozim. Talabni u emas, balki men qo'yaman»,-dedi Xabib.
Havola :
Manba : MMA News
Fikrlar