14 iyu 10:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Nurmagomedov kamarini himoya qildi, Zavurovda ham g'alaba
Dog'istonning Kaspiysk shahrida aralash qoidalar bo'yicha GFC 14 turniri bo'lib o'tdi.
Oqshomning anderkad jangi engil vazn (61,2 kg) toifasi chempioni Umar Nurmagomedov ishtirokida kechdi. Umar hamyurti Taras Grickiyga qarshi jangda kamarini himoya qildi va birinchi raundning o'zidayoq g'alaba qozondi.
GFC 14 turnirining markaziy jangida esa mezbonlar vakili SHamil Zavurov argentinalik Matias Xuaresga qarshi oktagonga chiqdi. Jang to'liq uch raund davom etdi va yakunda SHamil Zavurov raqibini 30-25, 30-26, 30-26 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Havola :
Fikrlar