12 iyu 13:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Nurmagomedov MakGregor bilan revanshga shama qildi
Rossiyalik aralash qoidalar jangchisi Xabib Nurmagomedov kelajakda yana Konor MakGregorga qarshi jang qilishi mumkinligiga shama qildi.
"Biz 6 oktyabr kungi ishni hali yakunlaganimiz yo'q. Oldimizda janglar ko'p. Biz tarixni kattaroq yozish va yanada kattaroq muvaffaqiyatlarga erishishni rejalashtirmoqdamiz", - dedi Nurmagomedov.
Eslatib o'tamiz, Xabib o'tgan yilning 6 oktyabr kuni MakGregorni mag'lubiyatga uchratgandi. U navbatdagi jangini shu yil sentyabr oyida Dastin Porega qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar