04 jan 17:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Nurmagomedov Makgregor bilan tekinga jang qilishga tayyor
Aralash qoidalar bo'yicha rossiyalik mashhur sportchi Xabib Nurmagomedov yana bir bor irlandiyalik jahon chempioni Konor Makgregor bilan jang o'tkazishga tayyor ekanligini malum qildi.
Xabib bu jangda o'zi uchun pul muhim rol o'ynamasligi, Konorga qarshi xatto tekinga jang o'tkazishga roziligini aytgan.
“Konorning Dog'iston haqidagi so'zlaridan jahlim chiqdi. Bizda kamida 50 nafar UFC jangchilari bor. Irlandiyadachi? Bilasizmi, hozir ko'pchilik Makgregorni esdan chiqardi. CHunki, u haqiqiy janglardan o'zini olib qochyapti.
45 yoshga qarab ketayotgan Floyd Meyvezer va marixuanachi UFCda 10ta jangda mag'lubiyatga uchragan Neyt Dias kabi sportchilar bilan bahslashib yuribdi. Men Makgregor bilan tekinga jang qilishga tayyorman. Menga chempionlik kamari kerak. Konorni ham, Fergyussonni ham bitta oqshomda mag'lub eta olaman”, – dedi Nurmagomedov.
Havola :
Fikrlar