25 mar 09:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Nurmagomedov: Xoh erda, xoh kosmosda jang qilishga tayyormiz
Engil vazn toifasida UFC kamari sohibi Xabib Nurmagedovning otasi Abdulmanap Nurmagomedov o'g'lini Toni Fergyusonga qarshi er sharining istalgan burchagida jang qilishga tayyor ekanligini malum qildi.
“Bo'sh arenada jang qilish Xabibga tasir qiladimi? Nega endi unga bu yomon tasir qilishi kerak. Xabibning asablari joyida, unga qaerda jang qilishni ahamiyati yo'q. U xoh erda, xoh kosmosda jang qilishga tayyor. O'g'limga bu jang juda ham kerak.
Toni etti yildan beri mag'lubiyatga uchramaydi. Biz uni to'xtatishimiz kerakligini tushunib turibmiz”,-dedi Nurmagomedovlarning kattasi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar