02 mar 15:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Nurmagomedovga jang taklif qilishdi
Gruziyalik UFC jangchisi Merab Dvalishvili rossiyalik Umar Nurmagomedovni oktagonga chorladi.
Merab Umarni UFC kompaniyasi bilan shartnoma imzolagani bilan tabriklab, unga qarshi jang o'tkazish istagida ekanligini bildirdi. Gruziyalik sportchi Nurmagomedovning UFCdagi birinchi raqibi bo'lishini juda ham xohlaganini yashirib o'tirmadi.
"Tabriklayman! UFCga xush kelibsan. Oktagondagi ilk raqibing bo'lishni istagandim", - deya o'zining Tvitter sahifasida xabar qoldirgan Dvalishvili.
Eslatib o'tamiz, Umar Nurmagomedov UFCdagi debyutini 18 aprel kuni AQSHning Nyu-York shtati Bruklin shaharchasida o'tkaziladigan UFC 249 turnirida nishonlaydi. U shu kuni mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Xanter Azurga qarshi oktagonga chiqadi.
Havola :
Fikrlar