07 fev 13:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Nurmagomedovga Moskvada boks jangi o'tkazish taklifi bilan chiqishdi
Aralash qoidalar bo'yicha UFC chempioni Xabib Nurmagomedov shu yil yozda Moskva shahrida boks qoidalari asosida jang o'tkazishi mumkin.
Bu haqda Nurmagomedovning o'zi Instagram sahifasida xabar berdi. Xabib kecha Rossiya boks federaciyasida bosh kotib Umar Kremlyov bilan uchrashdi. Aynan mana shu uchrashuv chog'ida Kremlyov dog'istonlik chempionga boks jangi o'tkazish taklifini bergan.
“Rossiya boks federaciyasidan taklif tushdi. Jang “Lujniki” stadionida bo'lib o'tadi. Do'stlar, nima deb o'ylaysizlar? Bu taklifni qabul qilsammikan yoki yo'q?”, - deya Instagram sahifasida xabar qoldingan Nurmagomedov.
Havola :
Fikrlar