04 fev 14:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Nurmagomedovning bagajini o'g'irlab ketishdi FOTO
Engil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning buyumlari solingan sumkasi aeroport yukxona bo'limidan olib ketilgan.
Rossiyalik jahon chempioni nomini oshkor qilmagan aeroport kuzatuv kameralariga bu holat tushib qolgan. Nurmagomedov o'zining Instagram sahifasiga ana shu ikkita suratni joyladi.
Suratda boshiga qalpoq, egniga kurtka kiygan, qo'lida aynan Xabibning hayoti va faoliyati aks etgan kitob ushlab olgan erkak kishi video tasmaga muhrlanib qolgan.
Nurmagomedov birinchi surat ostiga shunday so'zlarni yozib qoldirgan:
“Do'stim, bagajimni qaytar, Men seni allaqachon topib bo'ldim”.
Ikkinchi surat tagiga esa shunday so'zlar bitilgan:
“Axir senga kitob sovg'a qilishgandi”.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar