15 dek 10:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Nurmagomedovning promouteri Saul Alvaresga jang taklif qildi
Rossiyalik UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning promouteri Ali Abdulaziz meksikalik jahon chempioni Saul Alvaresga jang o'tkazish taklifi bilan chiqdi.
“Bu mavzuda Alvaresning promouteri Oskar De La Xoyya juda ko'p gapirib yuboryapti. Kelinglar, Kanelo va Xabib o'rtasida jang tashkil qilamiz. SHunda hammasi oydinlashadi.
Ishonchim komil, UFC prezidenti Dana Uayt va Oskar De La Xoyya bu jangdan yaxshigina daromad qilib olishadi”, - deya o'zining Twitter sahifasida xabar qoldirgan Abdulaziz.
Eslatib o'tamiz, ertaga Saul Kanelo Alvares AQSHning Nyu-York shahrida ikkinchi o'rta vazn toifasida WBA yo'nalishi chempioni britaniyalik Rokki Fildingga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar