18 dek 08:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Nursulton Grozniyda muddatidan avval g'alabaga erishdi
CHecheniston poytaxti Grozniy shahrida Ramzan Qodirovga tegishli “Axmat” klubi tomonidan aralash qoidalar bo'yicha jang kechasi o'tkazildi.
Uning doirasida hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboev ham oktagonga ko'tarildi. Hamyurtimizning raqibi rossiyalik Igor Bayer bo'ldi. Nursulton birinchi raunddayoq raqibini mag'lubiyatga uchratishga erishdi.
Eslatib o'tamiz, CHecheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov hamyurtimiz Nursulton “Black” Ro'ziboevga sovg'a sifatida avtomobil topshirgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar