18 mar 16:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Nursulton Ro'ziboev "Muradov Professional League" bilan shartnoma qiladimi?
Nursulton Ro'ziboev bu masalaga oydinlik kiritdi.
MMA jangchimiz Nursulton Ro'ziboev Mahmud Muradovga tegishli MPL bilan shartnoma qiladimi? Sportchining o'zi ushbu savolga javob berdi.
«Men MPL bilan shartnoma qilmayman. CHunki boshqa promoushenlar bilan shartnomam bor va ular tomonidan menga yaxshi takliflar bo'lyapti. Ochig'ini aytsam, kelgusida ham MPL'da jang qilmoqchi emasman», - dedi «Black» Ro'ziboev Olamsport.com saytiga bergan intervyusida.
Avvalroq, Mahmud Muradov Ro'ziboevga taklif bilan chiqilgani, biroq MMA'chining boshqa ligalar bilan shartnomasi borligi tufayli bu ish «pishmagan»i haqida malum qilgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar