17 apr 10:31
Yangiliklar
Nursulton Ro'ziboev yana doping tekshiruvdan o'tdi + FOTO
Nursulton Ro'ziboev o'zining Instagram sahifasiga surat joylab, unga "CHisti" ("Toza") deya izoh yozib qo'ygan. Bu bilan hamyurtimiz navbatdagi doping-testdan muvaffaqiyatli o'tganini malum qildi.
Ro'ziboev 27 iyun kuni Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida tashkil etiladigan UFC turniri doirasida "SHtorm" maktabi vakili, rossiyalik Andrey Pulyaevga qarshi oktagonga chiqadi.
Malumot uchun, 28 yoshli Andrey Pulyaev UFC promoushenida 3 ta jang o'tkazgan. Kristian Leroy Dankan va Atebe Gotega ochkolar hisobiga ko'ra yutqazgan bo'lsa, Nik Klyaynni texnik nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratgan.
32 yoshli Nursulton Ro'ziboev esa ikki g'alabali seriya bilan kelmoqda. Erik MakKoniko texnik nokaut qilingan bo'lsa, Dastin SHtolcfusdan hakamlarning yakdil qarori bilan ustun kelgan edi. Ro'ziboev UFC`dagi yagona mag'lubiyatini Xoakin Baklidan qabul qilib olgan.

Fikrlar