04 sen 07:29
Yangiliklar
Engil atletika, Tokio-2020
Nurxon Qurbonovadan ikkinchi medal!
Tokiodan xushxabar! Hozirgina para engil atletikaning F54 klassida ayollar o'rtasida nayza uloqtirish bo'yicha final bahslari yakunlandi.
Quvonarlisi, medallar uchun kurashda qatnashgan hamyurtimiz Nurxon Qurbonova 18.38 metr natija bilan shaxsiy rekordini yangiladi. Bu natija sportchimizga kumush medalni taqdim etdi.
SHu tariqa delegaciyamiz hisobidagi medallar soni 18 taga etdi: 7 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza.
Eslatib o'tamiz, Nurxon Qurbonova bundan avvalroq Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o'yinlarida yadro uloqtirish bo'yicha bronza medalini qo'lga kiritgan edi.
Havola :
Manba : paralympic.uz
Fikrlar