09 fev 15:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Nyu-Yorkda Povetkin va Uaylderning ishi yuzasidan sud jarayoni boshlandi
AQSHning Nyu-York shtatida rossiyalik Aleksandr Povetkin hamda amerikalik Deontey Uaylder ishi yuzasidan sud jarayoni boshlandi.
Bu ishni Nyu-York shtati Janubiy federal okrug sudi ko'rib chiqyapti. Sudda bir yo'la ikkita ish ko'rilmoqda. Uaylderning jamoasi Povetkinning promouterlaridan 4,5 million dollar talab qilyapti.
Uaylder Povetkinga qarshi o'tkazilmay qolgan jangidan taxminan
shuncha gonorar olishi kerak edi. Rossiyalik bokschining qon tarkibida taqiqlangan
modda aniqlangani bois, chempionlik jangi bekor bo'lgandi.
O'z o'rnida Povetkinning jamoasi ham Uaylderdan 34,5 million dollar talab qilyapti. Rossiyaliklar jangning bekor qilinishi, moddiy va manaviy zarar etkazilganini ro'kach qilishyapti.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar