14 sen 14:24
Yangiliklar
Futbol

"Nyukasl" 60 mln evroga xarid qilingan hujumchisini yo'qotdi
"Nyukasl" hujumchisi Yoan Vissa tizzasidan jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqdi.
29 yoshli forvard Kongo DR terma jamoasi ixtiyorida tizzasidan jarohat olgani uchun yaqin to'rt-olti hafta ichida "hakkalar"ga yordam bera olmaydi.
"Nyukasl" Vissani yozgi transferlar oynasining so'nggi kunida "Brentford"dan qariyb 60 million evro evaziga sotib olgandi. Aytish kerakki, forvard yangi ingliz klubida debyut qilishga ham ulgurmadi.
"Nyukasl" 18 sentyabr kuni o'z maydonida "Barselona"ni qabul qiladi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar