15 fev 09:45
Yangiliklar
Boks/MMA

OAV: Makgregor va Meyvezer kelishuvga erishishdi, jang bo'ladi
Aralash qoidalar bo'yicha ikki vazn toifasida yagona jahon chempioni Konor Makgregor hamda engilmas bokschi sifatida faoliyatini yakunlagan Floyd Meyvezer o'rtasidagi jang o'tkaziladigan ko'rinadi.
Irlaniyaning The Irish Sun nashri tarqatgan xabarga ko'ra, UFC jangchisi hamda amerikalik bokschi shartnoma imzolash arafasida. Makgregor Irlandiya poytaxti Dublin shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan barcha uchrashuvlarni bekor qilib, Las-Vegasga muzokaralar uchun yo'l olgan.
“Las-Vegasda juda ham ishlarim ko'p. Birinchi navbatda bokschilik licenziyamni qabul qilib olishim kerak. Keyin esa Floydni topib, u bilan barcha masalaga nuqta qo'yishim lozim”, – dedi Makgregor.
Malumotlarga qaraganda, yaqin ikki hafta ichida Floyd va Konor jang yuzasidan shartnomaga imzo chekishadi. Bo'lajak jang boks qoidalari asosida o'tkaziladi.
Havola :
Fikrlar