So’nggi yangiliklar

18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0 11:20Tata Steel Chess 2027: Нодирбек Абдусатторов чемпионлик унвонини ҳимоя қилади 0

03 apr 15:23
Yangiliklar

Boks/MMA

OAV vakillari uchun O'zbekiston boks federaciyasining murojaati

Barchaga malumki, joriy yilning 16-27 aprel kunlari Bangkok shahrida (Tailand) boks bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Qayd etish lozimki, Osiyo chempionati qitamiz miqyosidagi eng nufuzli musobaqa hisoblanib, ushbu chempionatda erkaklar va ayollar terma jamoamiz vakillari  10 ta vazn toifasida ringga ko'tarilishadi.

Ushbu qita birinchiligi bokschilarimiz uchun navbatdagi nufuzli musobaqalarga, jumladan, 2019 yilning sentyabr oyida Rossiyaning Ekaterinburg shahrida bo'lib o'tadigan boks bo'yicha Jahon chempionatiga  munosib tayyorgarlik ko'rish, raqiblarni o'rganish va albatta Osiyoda o'zbek boksining etakchilardan biri ekanligini yana bir marotaba isbotlashga xizmat qiladi. 

Kuni kecha ushbu musobaqa yuzasidan internet saytlarida elon qilingan informacion xabarlar O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati yoki federaciya mutassadilari bilan kelishilmagan holda tarqatilganligi sababli, keng jamoatchilik o'rtasida turli hil bahs-munozaralarga sabab bo'ldi. 

Hurmatli hamkasblar! Kelgusida yuqorida qayd etilgan nufuzli musobaqalar oldidan rasmiy malumotlarni O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati bilan kelishgan holda tarqatilishi maqsadga muvofiq bo'lar edi. 

O'zbekiston boks federaciyasi yurtimizda sport sohasida olib borilayotgan ishlar, xususan vatanimiz sporti bayroqdori sanalmish boksni ommaga  keng yoritilishida qilayotgan keng ko'lamli mehnatingiz uchun o'z minnatdorchiligini bildiradi. SHu bilan birga, O'zbekiston boks federaciyasi eshiklari OAV xodimlari uchun doimo ochiq ekanligini malum qiladi.


O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

   
03 apr 16:44:04
Jalol Axmedov
unda federatsiya madbuot hizmati ham tezkorroq ishlasa yaxshi bolatdi
   
03 apr 15:57:10
Bek
Демак кеча Осиё чемпионатида қатнашадиган таркиб юзасидан берилган маълумот дезинформация бўлиб чиқаяптими?
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing