17 may 18:18
Yangiliklar
Futbol
O'FA tasdiqladi. O'zbekiston U-23 terma jamoasi Yangi Zelandiyaga qarshi o'ynaydi
Osiyo vice-chempioniga aylangan Timur Kapadze shogirdlari Parij Olimpiadasi oldidan mashg'ulot uchrashuvi o'tkazadi.
Uchrashuv 18 iyul kuni Franciyaning Nicca shahrida bo'lib o'tadi. Bu haqda O'zbekiston futbol associaciyasi matbuot xizmati malum qildi.
O'zbekiston – Yangi Zelandiya
18 iyul. Nicca, Franciya
Avvalroq O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Okeaniya vakiliga qarshi maydonga tushishi haqida xabar bergan edik.
Eslatib o'tamiz, futbol bo'yicha Olimpiada bahslari 24 iyuldan 10 avgustga qadar davom etadi. O'zbekiston terma jamoasi "C" guruhida Ispaniya, Misr va Dominikan Respublikasi termalari bilan bahs olib boradi.
Ispaniya – O'zbekiston
24 iyul, Parij
O'zbekiston – Misr
27 iyul, Nant
Dominikan Respublikasi – O'zbekiston
30 iyul, Parij
Havola :
Fikrlar