07 okt 11:51
Yangiliklar

OFK O'zbekiston futbol associaciyasini katta miqdorda jarimaga tortdi
Bu haqda Jamoliddin Bobojonov OFK saytiga tayanib xabar berdi.
Gap shundaki, O'FA 10 iyun kuni "Bunyodkor" stadionida o'tkazilgan O'zbekiston-Qatar uchrashuvida bir qator qoidalarni buzgan. Jumladan, o'yin tugashi bilan maydonga futbolchilar uchun mukofot sifatida ajratilgan BYD avtomobillari olib kirilgani asosiy sabab qilib ko'rsatilmoqda.
Gap shundaki, OFK har bir o'yin uchun mezbonlardan stadion hududida, maydon ichida va atrofida o'z homiylari brendlaridan boshqa brendlar bo'lmasligini qatiy talab qiladi. CHunki, OFK JCH saralash o'yinlari uchun har bir mezbon jamoaga yaxshigina summa to'laydi.
Agar, O'FA o'sha kuni maydonga mashinalarni olib kirmasdan futbolchilarga faqat kalitlarni topshirganida edi, 340 ming dollar yoniga qolar edi.
Fikrlar